Toshkent viloyati fermer xo'jaliklari va paxtachilik klasterlari shartnomaviy majburiyatlarini uddalashdi. Yillik 100,20 foizga, ya'ni, 245 ming 850 tonna ulkan xirmon bunyod etib, davlatga paxta sotish rejasini ortig'i bilan bajardi.

Ma'lumki,  joriy yilda viloyatning 8 ta tumanlarida paxta-to'qimachilik klasterlari amaliyotga tatbiq etilib, jami 72,2 ming gektar maydonga chigit qadaldi. Hosildorlikni o'rtacha gektariga 1,2 tsentner oshirish hisobiga 245,4 ming tonna hosil olishni reja qilingan edi. 

SHuningdek, 118 ta yuqori unumli paxta terish mashinalari, 1270 dona tirkamalar (100 foiz ta'mirlanib) shuningdek, 1986 ta otryadlarda, 139 ming nafar terimchilar jalb etildi.

Viloyatning YUqori CHirchiq tumani paxtakorlari — 109,73, Oqqo'rg'on tumani — 102,58, O'rta CHirchiq tumani-102,12, CHinoz tumani- 100,94, Piskent tumani- 100,1, Bo'ka, Bekobod, Quyi CHirchiq tumanlari -99 foiz ko'rsatkich bilan xirmonga munosib hissa qo'shdi.

Toshkent viloyat  hokimligi axborot xizmati