Maqsad yoshlar o'rtasida jadidchilik harakati namoyandalarining milliy istiqlol, millat va davlat huquqi, adolatli jamiyat qurish, inson huquqlari, milliy davlatchilikka oid g'oyalarini chuqur o'rganishga rag'bat uyg'otish, bo'lajak huquqshunoslarda novatorlik, ijodkorlik, yangicha dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Tanlovning saralash va final bosqichlarida respublika bo'yicha 800 dan ortiq o'quvchi-talabalar ishtirok etdi. Toshkent viloyat yuridik texnikumi o'quvchisi Go'zal Qodirova yuridik texnikum va akademik litsey o'quvchilari orasida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Ma'lumot uchun: tanlovda yuqori o'rinni olgan 6 nafar talaba-o'quvchi g'olib, deb topiladi va ularga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida stipendiya o'quv yili davomida har oy berib boriladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmati.