Bu yerda IT yoʻnalishida “Ayollar daftari”, “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi oilalarning farzandlari kompyuter texnologiyalari, dasturlash va flerensilik boʻyicha bilim olish imkoniga egadirlar. Shuningdek, xorijiy tillar, turli kasb-hunar boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan.

Hozirda mazkur maskanda 12 nafar yoshning doimiy bandligi taʼminlandi.

Markaz ichidagi zamonaviy kutubxonada badiiy adabiyotimizga oid turli kitoblar, mashhur adiblar asarlari, ilmiy-ommabop adabiyotlarni topishingiz mumkin.

Bundan tashqari, barcha sharoitlarga ega konferensiyalar zalida viloyat yoshlari qizgʻin debat, muzokaralar tashkil etishlari mumkin, deb xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.