Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” muntazam yo'l patrul xizmati maskanida xizmat o'tayotgan viloyat IIBB YHXB YPX inspektori serjant A.Kamilov 23 avgust kuni tungi soat taxminan 03:50 larda Namangan-Toshkent yo'nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi R.J boshqaruvidagi “KIA BONGO” rusumli transport vositasini to'xtatadi.

YPX inspektori avtoulovni ko'zdan kechirish jarayonida avtomobil` yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz 50 xildagi katta miqdorda chet davlatda ishlab chiqarilgan tibbiyot dori vositalari olib ketilayotganini aniqlagan.

Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi, avtoulov va dori vositalari holat yuzasidan qonuniy chora ko'rish maqsadida Ohangaron tumani ichki ishlar bo'limiga topshirilgan.