E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
R. O. (erkak, 1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ direktori),
A. S. (erkak, 1987-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ bosh texnologi),
R. X. (erkak, 1982-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi)ga 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish,
S. S. (erkak, 1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejeri),
F. O. (erkak, 1990-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ ta’sischisi va direktori o‘rinbosari),
M. N. (erkak, 1991-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi yordamchisi)ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish,
J. X. (erkak, 1993-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, “Governess Business” MChJ direktori),
I. S. (erkak, 2000-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MChJ direktori),
B. R. (erkak, 1992-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Nishon invest” MChJ direktori),
F. D. (erkak, 1993-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Kinder Garden Group” MChJ direktori),
D. Q. (ayol, 1997-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MChJ laboranti)ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish belgilandi.