Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida fuqaro A.O tomonidan oʻsimlik qoldiqlari hamda maishiy chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqib yuborganligi holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 88-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi.