“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan viloyat boʻyicha xonadonlar kesimida xatlov ishlari olib borilganda, isteʼmolchilar tomonidan qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Xonadonlarga oʻrnatilgan gaz hisoblagichlar qarzdorlik uchun avtomatik tarzda oʻchirilgandan soʻng, 1484 ta xonadon egalari tomonidan oʻzboshimchalik bilan hisobdon yechilib, oʻrniga rezina quvur ulab olib gazdan foydalanish holatlari kuzatilgan.
Gaz hisoblagichlar uy egalari tomonidan oʻzboshimchalik bilan yechib qoʻyilsa, gaz sarfini hisoblash uchun gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida toʻliq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda undiriladi.
Gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganlarga jinoiy javobgarlik belgilangan.