Viloyat hokimligi tashabbusi bilan Quyi Chirchiq tumanida Quyonchilik kompleksida kooperatsiya faoliyatini kengaytirish, mazkur sohada aholi o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega bo'lishiga, shuningdek, viloyat aholisining quyon go'shtiga bo'lgan talabini qondirishga qaratilgan yangi loyihaga qo'l urildi.

Ya'ni, Italiya texnologiyalari asosida quyon  zotlari, quyon avlodlarining taqdim etilgan genetik kodidan uning go'shtini ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanadigan  MDH davlatlari orasida eng yirik mazkur klaster, endilikda, viloyatda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga quyonlarni saqlash uchun 50 bosh quyonga mo'ljallangan qafaslar jamlanmasi hamda 4 oylik ozuqasi bilan 20 bosh quyon va 10 bosh erkak quyonlarni yetkazish majburiyatini olgan holda beriladi.

Bundan tashqari, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 3 yil muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan 33 million so'mgacha hokim yordamchilari ko'magida kredit mablag'lari ajratish yo'lga qo'yilyapti.

Korxona tomonidan kooperatsiya usulida tadbirkorlikni boshlagan fuqarolar 1 yilda 30 bosh quyondan 1000 bosh quyon olish imkoniyati mavjudligi, eng muhimi 3,5 kg tirik vazndagi etishtirilgan quyon go'shtini klasterning o'zi qayta sotib olish takliflari ham ma'qullandi.

Hozirda “Moya mechta” quyonchilik klasteri ishtirokida hududlarda shahar va tuman hokimlarining birinchi o'rinbosarlari, kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limlari, tijorat banklari xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida 18—20-aprel kunlari "Quyonchilikni rivojlantirish" bo'yicha o'quv-seminarlari tashkil etilgan.

Kelgusida, quyon boqish bo'yicha yo'riqnoma ishlab chiqilib, quyon boqish istagida bo'lgan xonadonlar hokim yordamchilari ko'magida tijorat banklaridan kredit olishi yo'lga qo'yiladi.