Toshkent viloyatida qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududlarda uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish, energetika sohalarida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 21-oktyabr kuni ommaviy qabul oʻtkaziladi.

Aholi bilan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Oʻzsuvtaʼminoti” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin nazoratini tashkil etish Bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati hokimligi va boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.

Ommaviy qabul joriy yilning 21-oktyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati Angren shahar Kimyogar mahallasi hududida joylashgan Angren erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi maʼmuriy binosida boʻlib oʻtadi.