Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “T.R.”ga qarashli ishlab chiqarish sexidagi fuqaro S.J. tijorat maqsadida 3 ta alyumin eritish qozonlarini oʻrta bosimli aholi gaz tarmogʻiga qoʻlbola gaz soʻrgʻich moslamasi yordamida yashirincha ulab, 119,3 ming kub metr. tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 214,7 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.