Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 22-sentyabr soat 18:00 dan 19:00 gacha velosayr aksiyasi boʻlib oʻtadi.
"Nurafshon shahrining Bobur va Toshkent yoʻli koʻchalari tutashgan qismidan Toshkent-Bekobod avtomagistral yoʻlining kesishgan hududigacha boʻlgan 4 km masofada qatnashishlari uchun barchani bugungi tadbirga taklif etamiz.
Shuningdek, ushbu aksiya Chirchiq, Angren, Olmaliq va Bekobod shaharlarida ham oʻtkazilishini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.