Bu bo'yicha viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Koreaning Geonggi-do provintsiyasi Sog'liqni saqlash va tibbiyot boshqarmasi boshlig'i Eom Woun Ja boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv chog'ida kelishib oldi.
Unda sog'lom ovqatlanish, diagnostika, kasallikni erta aniqlash kabi barcha etaplarni o'z ichiga olgan zamonaviy telemiditsinani rivojlantirishda Korea texnologiyalaridan samarali foydalanish, bunda viloyatda faoliyat yuritayotgan 600 dan ortiq xususiy klinikalarda ham joriy etish ta'kidlandi.
Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan tibbiyot sug'urta tizimi, endilikda, Toshkent viloyatida yo'lga qo'yiladi. Ya'ni, aholini qiynayotgan asosiy kasalliklarni davolashda davlat tomonidan kafolatlangan bepul, sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish borasidagi rejalar ko'rib chiqildi.
Zoyir Mirzayev Geonggi-do provintsiyasining malakali mutaxassislarini viloyatga jalb etgan holda, Sog'liqni saqlash tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish taklifini berdi.
Shuningdek, viloyatda onalar va bolalar, ayniqsa chaqoloqlarni davolash bilan bog'liq mutaxassislarni malakasini oshirish, uyda yotgan bemorlar parvarishi borasida ham Koreaning yo'nalishi, jumladan, xirurgiya va onkologiya sohalari bo'yicha kadrlar almashish, ular malakasini oshirish yuzasidan ikki tomoni o'zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.