Ma'lum qilinishicha, Sergeli tumanida ikki nafar shaxs Ichki ishlar organlarining formasini kiygan holda o'zlarini shubhali tutayotganlari haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar qildi, deb yozadi uznews
Olingan ma'lumot asosida mazkur ikki nafar shaxs ushlanib, surishtiruv olib borilgan. Natijada ular ichki ishlar organlari xodimi emasligi aniqlangan.
Xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, ushbu shaxslar oldidan kuchli ta'sir qiluvchi moddaga o'xshash moddalar topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Ushbu shaxslar holatni quyidagicha izohladi.
"Men bu ichki ishlar xodimini formasi ekanligini bilmagandim. Ming bor pushaymonman, sizlarga ham maslahat bermayman".
"Mazkur ikki fuqaro oldidan topilgan dorilar ekspertizaga topshirildi. Ularning xatti-harakatlari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi",- deyiladi xabarda.
SHuningdek, Toshkent shahar IIBB fuqarolardan agar mazkur shaxslardan jabr ko'rgan bo'lsa, +9989 98 369 11 02 raqamiga murojaat qilishini so'radi.