Joriy yilning 14-dekabr kuni taxminan soat 18.30 da, nomaʼlum shaxs “Abu Saxiy” savdo majmuasidagi doʻkonlardan birining kirish eshigi ochiq qolganligidan foydalanib jami 52.700.000 soʻmlik 25 dona turli rusumdagi uyali telefonlarni oʻgʻirlab ketgan.
Bu haqdagi xabar Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgach, koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 29 yoshli Xabibulla I. qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Doʻkoningizni qarovsiz qoldirmang, eshiklari qulflanganligiga ishonch hosil qiling!