Toshkentda 61 yoshli fuqaroning nomiga 30 mln kredit olgan shaxs ushlandi

    Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 61 yoshli Sh.O. IIOga murojaat qilib, ularning nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilgan. Natijada mazkur jinoyatni Yakkasaroy tumanida yashovchi 39 yoshli S.A. sodir etganligi aniqlangan.

    Unga koʻra, S.A. jabrlanuvchi Sh.O.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan. Soʻngra ularning nomidan mobil ilova orqali roʻyxatdan oʻtib, onlayn tarzda 30 mln soʻm onlayn kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida mazkur pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.

    Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Maʼlumot oʻrnida, qonunga muvofiq, mazkur jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.