Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Y. hech qanday hujjatlari boʻlmagan jami 9 tonna etil spirtini fuqaro V.L. boshqaruvidagi “MAZ” rusumli yuk avtomashinasida olib kelib, fuqaro I.A.ga 164,9 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1 moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.