Boshqarmaning Yakkasaroy tumani bo‘limiga kelib tushgan murojaatga asosan, inspektorlar "Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash" AJ hududida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, korxona hududida 1 dona cho‘l burguti tutqunlikda saqlanayotgani holati aniqlandi.

Ushbu holat Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari ko‘magida bartaraf etilib, burgut hayvonot bog‘iga olib ketildi.

Burgutni noqonuniy saqlaganlarga nisbatan esa "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks"ning 90-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida, ya’ni 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.