Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida yana to‘rt kishi ushlandi

    Xavfsizlik 6 Dekabr 2023 871

    Ular giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullangan.

    Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanuvchi bir qator shaxslar aniqlandi. Jumladan,

    Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 1968-yilda tugʻilgan Saidmetov Xusnitdin Mirzakarimovichning uyida xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida 500 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

    Shuningdek, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 1970-yilda tugʻilgan Axunov Ilyos Ikromovichning uyida xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida 1 gramm “gashish”, 1 gramm “marixuana”, 1 gramm “koʻknor boshogʻi” giyohvandlik vositalari, bir dona elektron tarozi va ikki dona giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish uchun moʻljallangan yelim idishlar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

    Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1980-yilda tugʻilgan Avliaxanov Azizxon Kamalovichning uyida xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida 0,05 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

    Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 2002-yilda tugʻilgan Jurayev Bekzod Baxtiyor oʻgʻli boshqaruvidagi LASETTI rusumli, davlat raqam belgisi 01 N 396 GC boʻlgan toʻxtatilib, xolislar ishtirokida oʻtkazilgan 0,05 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

    Barcha holatlar yuzasidan toʻplangan hujatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi uchun tergov boʻlimiga taqdim etilgan. Tergov yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

    Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarning noqonuniy giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanganligi yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.