2026-yil 2-avgust kuni soat 08:10 larda 2-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi, “Yutong” gaz rusumli, davlat raqami 01 096 TKA, saroy raqami 02-740 bo‘lgan, 17-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus haydovchisi. Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida “Yulduz” bekatida to‘xtab turgan, 18-avtobus saroyiga tegishli, 85-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi “Yutong” elektrobus rusumli, davlat raqami 01 203 NKA, saroy raqami 18-383 bo‘lgan avtobusning orqa qismiga urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida davlat raqami 01 096 TKA bo‘lgan “Yutong” gaz rusumli avtobusning 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan.

Avtobus haydovchisi zudlik bilan tan jarohati olgan yo'lovchini tez tibbiy yordam avtomobilida Toshkent Davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga olib borgan. U yerda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda uyiga javob berilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida texnik shikastlangan har ikki avtobusni qayta yo‘nalishga chiqarish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi belgilangan tartibda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.