Ko‘rgazmaning birinchi kunida asosan biznes ta’limi bilan bog‘liq uchrashuv va amaliy muloqotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarning sanoat salohiyati namoyish etilgan bo‘lsa, ikkinchi kunida B2B shaklidagi muzokaralar, sanoatda innovatsiya, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan yangi texologiyalar, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatiga e’tibor qaratilyapti.
Ma’lumot uchun: Toshkentda o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xaqaro ko‘rgazmasi doirasida bugunga qadar 30 dan ziyod yirik ishbilarmonlik tadbirlari va 500 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilgan hamda umumiy miqdori 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 600 dan ziyod kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.