Coʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq holatlar nisbatan koʻpayayotganiga guvoh boʻlib turibmiz. Ayniqsa, Toshkent shahrida kasallanishlar soni boshqa hududlarga nisbatan biroz yuqori ekani kuzatilmoqda.

Shu bois kasallikni erta aniqlash, oʻz vaqtida davo choralarini koʻrish maqsadida PZR test sinamalarini topshirish uchun poytaxtimiz aholisi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar boʻlimlariga murojaat qilishlari mumkin.

Quyida ushbu xizmatning Toshkent shahridagi 12 ta PZR tahlili oʻtkazish laboratoriyasi manzillari keltirilgan:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi

Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 341-uy.

Uchtepa tumani boʻlimi laboratoriyasi

Uchtepa tumani, Chilonzor 21.

Sergeli tumani boʻlimi laboratoriyasi

Sergeli tumani, Sergeli 3-14.

Chilonzor tumani boʻlimi laboratoriyasi

Chilonzor tumani, Lutfiy-4-14.

Yunusobod tumani boʻlimi laboratoriyasi

Yunusobod tumani, Yunusobod 8-34.

Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi laboratoriyasi

Mirzo Ulugʻbek tumani, Qarmoq koʻchasi, 1 A-uy.

Bektemir tumani boʻlimi laboratoriyasi

H.Boyqaro koʻchasi, 48-uy.

Mirobod tumani boʻlimi laboratoriyasi

Sarakoʻl koʻchasi, 76-uy.

Shayxontohur tumani boʻlimi laboratoriyasi

Xadra massivi, 17 A-uy.

Yashnobod tumani boʻlimi laboratoriyasi

Maxtumquli koʻchasi, 1-berk, 6-uy.

Yakkasaroy tumani boʻlimi laboratoriyasi

Bobur koʻchasi, 2-berk A 22-uy.

Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani boʻlimi laboratoriyasiga murojaat etadi

Sergeli tumani, Sergeli 3-14.

Eslatib oʻtamiz, ushbu laboratoriyalarda PZR test tahlillari soat 8:00 dan 18:00ga qadar bepul oʻtkaziladi.