Bu haqda YHXBB axborot xizmati rahbari Zoir Yoʻldoshev maʼlum qildi.
Xabarda aytilishcha, voqea 9-martga oʻtar kechasi Sergeli tumanida sodir boʻlgan. Haydovchi avtomashinaga noqonuniy ravishda “migalka” oʻrnatib, 210, 222 km/soat tezlikda harakatlangani aks etgan videolarni Instagram sahifasiga joylagan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga qoʻyildi. Keyinchalik hujjatlar sudga taqdim etildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudi qaroriga koʻra, avtomobilda boʻlgan ikki yigitga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Aybdorlardan biri oʻz harakati uchun afsus bildirib, boshqalarni ham yoʻl harakati qoidalarini buzmaslikka chaqirdi.