Ma’lum qilinishicha, Shahriston metro bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.
Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.