Toshkentda noqonuniy etil spirti savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida noqonuniy etil spirti savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Oʻtkazilgan tadbirda spirt mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan O.V. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Fargʻona viloyatidan olib kelingan jami 100 ming dona tibbiyot etil spirtini fuqaro Y.I.ga 8 300 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.