Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan "valyutchik"lar qoʻlga tushdi

    Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi va IBB xodimlari hamkorligida noqonuniy valyuta savdosining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar “Yangi Sergeli” koʻchasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSH dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.