Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. “L.A.” va “Z.P.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 mlrd soʻm mablagʻlarini oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib olib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.