Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 28-iyun soat 00:00 dan 7:30 gacha quyidagi koʻchalar va yoʻllarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi:
Mirzo Ulugʻbek tumani:
- “Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi – Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli – Sultoniya koʻchasigacha.
Bektemir tumani:
- “Xoʻton” masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi – Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.
Olmazor tumani:
- “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.
- “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
- “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
- “Xoʻja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.
- “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
- “Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al-Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
- “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi – Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon koʻchalari chorrahasigacha.
- “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
- “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqumiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
- “Abdullox ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.
- “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek – Mahorat koʻchalari chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
- “Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KXAY – Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
- “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- “Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
- “Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.
- “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi – Imom Buxoriy – Choʻlpon koʻchalari chorrahasidan, Choʻlpon – Salohiyat koʻchalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
- “Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi TXAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan TXAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha.
Masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Poytaxt IIB fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etdi.