Toshkentda sovuq suv rejali tartibda vaqtincha oʻchiriladi

    Profilaktika-taʼmirlash ishlari sabali Toshkentning qator tumanlarida 5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha sovuq suv taʼminoti rejali tartibda vaqtincha oʻchiriladi.

    Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Toshkent shahar suv taʼminoti maʼlumotiga koʻra, profilaktika-taʼmirlash ishlari oʻtkazilishi sababli salkam bir oy poytaxtning qator tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi va vaqtincha toʻxtatiladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

    Qayd etilishicha, bu paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib boriladi. Suv boʻlmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

    Suv toʻxtatiladigan manzillar roʻyxati:

    5-sentyabr 09:00 dan 6-sentyabr 21:00 gacha; Bektemir tumani boʻyicha: “Mirishkor”, “Rohat”, “Majnuntol”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Iyk ota”, “Abay”, “Gulbogʻ”, Husayn Boyqaro, Bektemir, “Oltintopgan”, “Sohil”, “Musaffo” mahallalari hamda “Vodnik” issiqlik markazida;

    Yunusobod tumani boʻyicha: “Islomobod”, “Hasanboy”, “Sharq haqiqati” mahallalarida.

    9-sentyabr 09:00 dan 10-sentyabr 09:00 gacha; Uchtepa tumani boʻyicha: “Degrez”, “Qoryogʻdi”, “Sharq guli”, “Bogʻi chinor”, “Nishabariq”, “Xondamir”, “Ibrat”, “Oʻtkir”, “Jarbuloq”, “Beshqayragʻoch”, “Hayratiy”, Abdulla Qodiriy mahallalarida;

    Yakkasaroy tumani boʻyicha: Sharof Rashidov shoh koʻchasi 70, 72, 74-koʻp qavatli uylar, Oqsaroy qarorgohi, Prezident administratsiya binosi hamda “Turkiston” mehmonxonasida.

    9-sentyabr 23:00 dan 10-sentyabr 12:00 gacha; Yunusobod tumani boʻyicha: Iftixor va Korhoji ota tor koʻchalari bilan, Usta Shirin, Mirtemir, Toʻxtasin Jalilov koʻchalarida, Mukarrama Turgʻunboyeva tor koʻchalari bilan, “Boʻzsuv”, “Yangi tarnov”, “Firdavsiy”, “Mirzo Ulugʻbek, «Buyuk Turon” mahallalari, Yunusobod tumani IIB, Hayvonot hamda Botanika bogʻlari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTUda (talabalar uyi bilan), shahar oqova suv boshqarmasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va sobiq Moliya instituti binolari, 4-sonli Sil kasalliklari dispanseri, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi, MXX maktabi, Oloy bozori, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Polsha elchixonasi, “Xiyobontepa” mahallasi, “Intercontinental” mehmonxonasi, “Malika” savdo majmuasi, Minor masjidi, Markaz-6 mavzesi, biznes markaz, Toshkent akvaparki, “Oʻzbektelekom” AK binosi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xotira maydoni, 7-sonli shahar shifoxonasi, “Turkqoʻrgʻon”, “Shahriston”, “Anorzor”, “Usta Shirin”, “Iftixor”, “Yangi ariq”, “Otchopar”, “Yunusobod” mahallalarida, 1-sonli bolalar shifoxonasi, Nefrologiya shifoxonasi, 2-sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, harbiy shifoxona hamda Yunusobod 4 va 5-mavzelarida;

    Shayxontohur tumani boʻyicha: Markaz-11, 12, 13, 14, 15 , “Kox ota”, “Labzak”, “Janggoh”, “Yangiobod”, “Yangi Kamolon”, “Katta Oqtepa”, “Kattabogʻ”, “Kamolon”, “Eshonguzar” mahallalari, Qoratosh, Chorsu, Beshyogʻoch mavzelari hamda “Tashkent city” xalqaro biznes markazida;

    Chilonzor tumani boʻyicha: Islom Karimov koʻchasi, Toshkent shahar hokimligi, Olmazor mavzesi;

    Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha: “Oqqoʻrgʻon”, “Oydin”, “Lashkarbegi” mahallalari, Xitoy va Latviya elchixonalari hamda Kardiologiya markazida.

    10-sentyabr 09:00 dan 11-sentyabr 09:00 gacha; Yakkasaroy tumani boʻyicha: Bogʻi boʻston, Shohjahon, At-Termiziy koʻchalarida, Qoraqum tor koʻchalari bilan, “Rakat” mavzesi, “Art Plaza”, “Rakat Plaza” mehmonxonalari, Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi, Toshkent estrada-sirk kolleji, “TMC Institute of Tashkent”da.

    10-sentyabr 23:00 dan 11-sentyabr 06:00 gacha; Mirobod tumani boʻyicha: “Mirobod” mavzesi 10, 11, 12-koʻp qavatli uylarda.

    11-sentyabr 09:00 dan 12-sentyabr 09:00 gacha; Uchtepa tumani boʻyicha: Uygʻur, Quyosh nuri, Zakovat, Mars, Jamshid, Ali Qushchi, Shuʼla, Qashqariy, Zafariy, Dilnoz, Ibrat, Lochin, Dilkash, Durbek, Xondamir, Odil Muxtor, Quvnoq, Bayram koʻchalarida, Degrez tor koʻchalari bilan.

    11-sentyabr 09:00 dan 13-sentyabr 09:00 gacha; Yunusobod tumani boʻyicha: “Bobodehqon”, “Hasanboy”, “Yunusobod” mahallalari, Yunusobod 13, 14, 17, 18, 19-mavzelari, Chinobod koʻchasi, Yangishahar tor koʻchalari bilan, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi, 1-sonli Bolalar shifoxonasi, Nefrologiya shifoxonasi, harbiy kasalxona, 8-avtokorxona, 4-Issiqlik markazida.

    12-sentyabr 09:00 dan 13-sentyabr 21:00 gacha; Sergeli tumani boʻyicha: “Qut-baraka”, “Yuqori Darxon”, “Qubaytepa”, “Noʻgʻoyqoʻrgʻon”, “Soʻgʻdiyona” mahallalari, Sergeli mashina bozori, PDP university hamda “Oʻzsanoatqurilish bank” binosida.

    12-sentyabr 09:00 dan 13-sentyabr 09:00 gacha; Yashnobod tumani boʻyicha: “Riyoziy” mahallasi 1-koʻp qavatli uydan 38-koʻp qavatli uygacha.

    16-sentyabr 09:00 dan 17-sentyabr 09:00 gacha; Yashnobod tumani boʻyicha: Amir Temur, “Tuzel”, “Vatandosh”, “Tong”, Al-Buxoriy, “Yashnobod”, “Navroʻzobod”, “Dilbogʻ”, “Parvoz”, “Birlashgan”, “Goʻzal”, “Aviasozlar”, “Donishmand”, “Shohimardon”, “Xosiyatli”, “Shohsanam”, “Mohinur”, “Behizor”, “Katta Yangiobod”, “Fazogir”, “Tarnovboshi”, “Yangiqoʻrgʻon”, “Nodira”, “Iltifot”, “Doʻstobod”, “Uch chinor”, “Oydinkoʻl”, “Bunyodkor” mahallalarida; 2) Sergeli tumani boʻyicha: 2-sonli shifoxona, shahar transport prokuraturasi hamda “Uchuvchilar” shaharchasida.

    17-sentyabr 09:00 dan 18-sentyabr 09:00 gacha; Uchtepa tumani boʻyicha: “Zakovat” mahallasi Shuʼla, Oyimcha, Sadoiy, Oqtepa, Jamshid, Qashqariy koʻchalarida.

    17-sentyabr 09:00 dan 18-sentyabr 21:00 gacha; Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha: Toshkent davlat agrar universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti (talabalar uyi bilan), Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali, I.M.Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali (talabalar uyi bilan), 2 va 7-sonli Oilaviy poliklinikalar, Mirzo Ulugʻbek tumani soliq inspeksiyasi, diagnostika markazi, gidrologiya instituti, 1-Issiqlik markazida.

    18-sentyabr 09:00 dan 19-sentyabr 09:00 gacha; Sergeli tumani boʻyicha: “Madaniyat” mahallasi, Qoʻyliq-5 mavzesi, Dehqon bozor filiali, “Hamkorbank” filiali.

    18-sentyabr 21:00 dan 19-sentyabr 09:00 gacha; Yashnobod tumani boʻyicha: “Ohangaron” mahallasi Tuzel-1, 2, 3, 4-mavzelarida.

    19-sentyabr 09:00 dan 20-sentyabr 21:00 gacha; Mirobod tumani boʻyicha: Furqat, Abdurauf Fitrat, “Sarakoʻl” mahallalarida, “Toshelektroapparat” MCHJ, “Al-Badr” masjidi hamda “Temurbeklar” maktabida.

    19-sentyabr 09:00 dan 20-sentyabr 09:00 gacha; Shayxontohur tumani boʻyicha: “Ibn Sino-1”, “Ibn-Sino-2”, “Jarariq”, “Beltepa” mavzelari, “Zafarobod”, “Shodlik”, “Beltepa”, “Yangi Beltepa” mahallalarida, Koʻksaroy, Soyguzar, Zangiota, Jarariq tor koʻchalari bilan.

    23-sentyabr 09:00 dan 24-sentyabr 09:00 gacha; Yunusobod tumani boʻyicha: Markaz-4 dahasida.

    24-sentyabr 09:00 dan 25-sentyabr 21:00 gacha; Yakkasaroy tumani boʻyicha: Shamskulol, Damariq tor koʻchalari bilan, Abdulla Qahhor 7-tor koʻchasi 49/1, 49/2, 49/3, 49/4, 49/5, 49/6, 49/7, 49/8, 49/9, 49/10, 49/11, 49/12, 49/13, 49/14, 49/15, 49/16, 49/17, 128/1, 128/2, 128/3, 128/4, 128/5, 128/6-sonli koʻp qavatli uylar, Glinka, Tarobiy, Humo, Oʻlmas Umarbekov, Kuloltuproq, Shota Rustaveli koʻchalari, Bobur koʻchasi 72, 74, 74b-sonli koʻp qavatli uylar, Toshkent issiqlik elektr markazi hamda tuman ichki ishlar boshqarmasida.

    24-sentyabr 09:00 dan 25-sentyabr 09:00 gacha; Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha: Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmilliybank” AJ binosi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU (talabalar uyi bilan), “Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti, Markaz-2 dahasi.

    25-sentyabr 09:00 dan 26-sentyabr 09:00 gacha; Mirobod tumani boʻyicha: Oltinkoʻl tor va berk koʻchalari bilan, 2-tor Fargʻona yoʻli koʻchasi.

    26-sentyabr 09:00 dan 27-sentyabr 09:00 gacha; Yunusobod tumani boʻyicha: “Otchopar-2” mahallasi, “Chinobod” sanatoriysi, “Manzara” TJM, MXX hibsxonasida.

    26-sentyabr 09:00 dan 27-sentyabr 16:00 gacha; Sergeli tumani boʻyicha: “Chortoq”, “Fayzli”, “Toshkent”, “Yoʻldosh”, “Viqor”, Al-Fargʻoniy, “Chorbogʻ”, “Zarbdor” mahallalari, “Dentafill Plyus” korxonasi, “Tashkent Index” savdo markazi, “Smile Tea” korxonasi, tuman soliq inspeksiyasi, Sergeli tuman hokimligi, Sergeli tumani IIB hamda prokuraturasida, Teri-tanosil dispanseri, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, FVV akademiyasida.

    26-sentyabr 23:00 dan 27-sentyabr 06:00 gacha; Shayxontohur tumani boʻyicha: Markaz-26 54-sonli koʻp qavatli uyda.

    30-sentyabr 09:00 dan 1-oktyabr 06:00 gacha; Uchtepa tumani boʻyicha: Chilonzor 26, 30, 37-mavzelardagi koʻp qavatli uylarda.

    30-sentyabr 09:00 dan 1-oktyabr 09:00 gacha; Yunusobod tumani boʻyicha: Iftixor tor koʻchalari bilan, Korxoji ota tor koʻchalari bilan, Usta Shirin, Mirtemir, Toʻxtasin Jalilov koʻchalari, Mukarrama Turgʻunboyeva tor koʻchalari bilan, “Boʻzsuv”, “Yangi tarnov”, “Firdavsiy”, “Mirzo Ulugʻbek, «Buyuk Turon” mahallalari, Yunusobod tumani IIB, Hayvonot hamda Botanika bogʻlari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU (talabalar uyi bilan), shahar oqova suv boshqarmasi, TDIU, sobiq moliya instituti binosi, 4-sonli sil kasalliklari dispanseri, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi, DXX maktabi, Oloy bozori, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Polsha elchixonasi, “Xiyobontepa” mahallasi, “Intercontinental” mehmonxonasi, “Malika” savdo majmuasi, Minor masjidi, Markaz-6 mavzesi, Biznes markaz, Toshkent akvaparki, “Oʻzbektelekom” AK binosi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xotira maydoni, 7-sonli shahar shifoxonasi, “Turkqoʻrgʻon”, “Shahriston”, “Anorzor”, “Usta Shirin”, “Iftixor”, “Yangi ariq”, “Otchopar”, “Yunusobod” mahallalarida, 1-sonli bolalar shifoxonasi, Nefrologiya shifoxonasi, 2-sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, harbiy shifoxona, Yunusobod 4 va 5-mavzelarida;

    Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha: “Oqqoʻrgʻon”, “Oydin”, “Lashkarbegi” mahallalari, Xitoy va Latviya elchixonalari, Kardiologiya markazida.

    2-oktyabr 09:00 dan 3-oktyabr 23:30 gacha; Chilonzor tumani boʻyicha: “Charx Kamolon-1”, “Charx Kamolon-2, «Charx Kamolon-3”, “Chilonzor”, “Naqqoshlik”, “Katta Doʻmbirobod”, “Gavhar”, “Yakkabogʻ”, “Katta Chilonzor-2”, “Katta Chilonzor-3”, “Novza”, “Beshchinor”, “Xalqlar doʻstligi”, “Oqtepa”, “Nafosat” mahallalarida.