Oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar V.S., A.K., I.A. va boshqalar fuqaro A.I.ga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan jami 800 dona “Velo” va “Suprime” nomli tamaki mahsulotlarini 4 700 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1 moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.