Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, 29-mart kuni soat 18:00 larda uyidagi oilaviy mojaro sababli qoʻlini kesgan ayol — 1987-yilda tugʻilgan T.T. tez tibbiy yordam mashinasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun olib ketilayotgan vaqtda ushbu holatni sodir etgan. U Bektemir tumani, Husayn Boyqaro koʻchasida tibbiyot xodimlariga qarshilik koʻrsatib, salondagi maxsus jihozlarni tepib sindirgan.

Haydovchi fuqaroni tinchlantirish maqsadida avtomashinani toʻxtatgan vaqtda ayol yonidagi turmush oʻrtogʻi va tibbiyot xodimlarining gapiga qaramasdan, yoʻlning qatnov qismiga chiqib ketgan. T.T. transport vositalari harakatlanishi uchun xavfli holatni yuzaga keltirib, jamoat tartibini buzgan, unga tibbiy yordam koʻrsatilishiga qarshilik qilgan. Hodisa joyga yetib kelgan IIO xodimlarining aralashuvi bilan T.T. tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.