Tadbir 30 mingga yaqin qatnashchi ishtirokida “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Yugurish musobaqalari Toshkentdagi 3 ta manzilda – “Yangi Oʻzbekiston”, “Ashxobod” bogʻlari hamda “Humo arena” majmuasida start oladi. Ommaviy marafon 3 km masofada oʻtkaziladi va unda professional sportchilar ishtirok etmaydi.
Xususan, “Humo arena” majmuasida talaba yoshlardan iborat guruh jamlansa, “Ashxobod” bogʻida 1,5 km masofaga yuguradigan oilaviy ishtirokchilar yigʻiladi. Tajribali yuguruvchilar uchun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 12 km masofa koʻzda tutilgan.
Ommaviy yugurish 3 km masofada oʻtkaziladi va unda professional sportchilar qatnashmaydi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.