Toshkentda voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

    14-19 iyul kunlari poytaxtimizda voleybol bo‘yicha U-16 yosh toifasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

    Yigitlar va qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Pokiston va Eron terma jamoalari bahs olib boradi.

    Qayd etish joiz, turnirda qizlarimiz 2 ta tarkibda o‘z omadlarini sinab ko‘radi. Yigitlar o‘rtasidagi bahslarda esa barcha termalar yagona jamoa bilan medallar uchun kurash olib boradi. O‘yinlar “Yunusobod sport majmuasi” hamda “JAR” komplekslarida o‘tkaziladi.