Xab - bu inklyuziv Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha loyihalarning akseleratori boʻlib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan platformadir.
Hozirgi bosqichda xabda kasbga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.
Bu noyob maskan yoshlarning abilitastiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli taʼlim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.
Yuqori darajadagi tayyorgarlikni aniq va gumanitar fanlar, AyTi sohasi boʻyicha Oʻzbekistonning yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlar, shuningdek, taniqli sanʼat arboblari, moda, fotografiya, kino, tasviriy sanʼat va boshqa ijodiy yoʻnalishlar ustalaridan iborat oʻqituvchilar tarkibi taʼminlaydi. Bundan tashqari, bu yerda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boriladi.
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Zamin” fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.