Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya oʻrnatildi

    Oʻzbekistonda bunday stansiyalarning umumiy soni 19 taga yetdi.

    Toshkent shahrida yana uchta havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatik stansiya oʻrnatildi, deya xabar beradi “Zamin” xalqaro fondi axborot xizmati.

    Taʼkidlanishicha, mazkur stansiyalar xalqaro fond va Gidrometeorologiya xizmati agentligining “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qoʻshma loyihasi doirasida ishga tushirildi.

    Loyiha boshlanganidan buyon Oʻzbekistonda monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona maʼlumotlar bazasiga jami 19 ta avtomatik stansiya ulandi.