“Zamin” fondi, MMTV, SSV va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “eshitishni xohlayman!» qo'shma loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 18 ta maktab-internat o'quvchilarining respublika audiologik ko'rigi yakunlandi.
2023 yil davomida 4 479 nafar o'quvchi audiolog tekshiruvidan o'tkazildi, ularning eshitish moslamalari individual ravishda sozlab berildi. SHuningdek, “eshitishni xohlayman!» loyihasi barqaror bo'lishi uchun pedagoglarga FM tizimlaridan foydalanish bo'yicha maslahatlar berildi.
Tekshiruv davomida o'quv jarayonida ishlatilayotgan 378 ta FM tizimlari va 78 ta ovoz kuchaytirish uskunasi profilaktika ko'rigidan o'tkazildi.
Ko'rikning asosiy maqsadi o'quvchilarning eshitish qobiliyatini o'z vaqtida tuzatishdan iborat. Bu bolaga ham o'quv jarayonida, ham kundalik hayotda to'laqonli ishtirok etishiga, rivojlanishi va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishiga imkon beradi.