Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Fargʻonadan keyin respublikada beshinchi boʻlib, unda uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bilan ishlash uchun zarur tayyorgarlikdan oʻtgan pedagoglar, psixologlar va tarbiyachilar ish boshladilar.
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi “Mehrli maktab”da yaratilgan qulay taʼlim muhitini qayd etib, bolalar bilan dildan suhbatlashdi va oʻquvchilar bilan rivojlantiruvchi moslashuv mashgʻulotlarida qatnashib, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.