Toshkentda xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼini davom etmoqda

    Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʼra, Pavel Xan boshchiligidagi Oʼzbekiston taekvondo terma jamoasi aʼzolari navbatdagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʼrish uchun Toshkentda yigʼinni davom ettirmoqda.

    Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport majmuasida 3 ta davlat sportchilari ishtirokida xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼini oʼtkazilmoqda. 19 oktabr kuni start olgan mazkur yigʼin 28 oktabrga qadar davom etadi. Unda 22 nafar taekvondochi boʼlajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʼrmoqda.

    Unda oʼzbekistonlik taekvondochilar bilan birga Qozogʼiston va Rossiya mamlakatining sportchilari ham ishtirok etishmoqda. Xalqaro yigʼin davomida ushbu davlatlar sportchilari oʼrtasida sparringlar ham tashkil etiladi. Bu esa oʼz navbatida taekvondochilar uchun boʼlajak musobaqalar oldidan ayni muddao boʼladi.