баннер
24 Apr 2025
19:57

    Toshkentda yana bir koʻchaning bir yoʻlagi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

    Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan oʻtgan Asomov koʻchasidagi yoʻlning bir yoʻlagi 10-apreldan 6-maygacha yopildi.

    Qayd etilishicha, 2025-2026-yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish rejasiga koʻra, rejalashtirilgan ishlar boʻyicha umumiy uzunligi 560 metr, diametri 800 mm boʻlgan eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.

    Taʼmirlash ishlari olib borilishi tufayli qarama-qarshi yoʻlning bir yoʻlagi vaqtinchalik yopildi.

    Yoʻl marshrutini rejalashtirayotganda bunga eʼtiborga olishingizni soʻraymiz, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech