Ekologiya vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi masʼullari holatni oʻrganganini maʼlum qildi.

"Tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 1 milliard 460 million 952 ming soʻm zarar hisoblandi", — deyiladi xabarda.

Shu bilan birgalikda, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni shaxsan oʻz nazoratiga oldi, atrof-muhitga zarar yetkazgan aybdor mutasaddi shaxslarga nisbatan qonunchilik normalariga muvofiq qatʼiy chora koʻrilishi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, kelgusida shahar hududida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borilishi taʼkidlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, inspektorlar tomonidan toʻplangan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrilishini taʼminlash uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, hokimlik tomonidan kesilgan daraxtlarning oʻrniga 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt koʻchatlari ekilishi maʼlum qilingan.