Bu haqda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Telegram-kanalida post qoʻydi.

“Hatto kompyuterda ishlashni bilmaydiganlar ham kelyapti. Juda koʻpchilik masalani oson yoʻlini qidiryapti. Yana kimlardir bu vaqtinchalik, ertaga yopilib ketadi bular degan gaplarni ham eshityapmiz (chuchvarani umuman sanamabsiz). 100 dollardan 500 dollargacha xodimlarimizga pora bermoqchi boʻlganlar qancha. Avval shunday boʻlgan.

Endi korrupsiyaning (millionlar-dollarlarda) miqdorini tassavur qiling. <…>

Endi savol!? Nahotki oʻqib kelish shunchalik qiyin? Nahotki faqat pul bilan hal qilish kerak imtihonni? Oʻqisangiz ertaga oʻzingizga yaxshiku. Mashinada ertaga ota-onangiz, farzandlaringizni olib yurasiz. Rulda bilimli odam boʻlgani yaxshimi yoki qoidalarni bilmaydigan odam? Bu faqat foydaku. Biz hatto imtihonga tayyorlovchi ekspress kurslarni ham ochdik. Xohlasangiz shu yerda oʻqing. Baribir odam aralasha olmaydi imtihonga, shunga ishoning. Oʻqigingiz kelmasa mashina haydagingiz ham kelmasin”, - deb yozgan u.