Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablardagi taʼlim sifatini koʻtarishga alohida berilayotgan eʼtibor natijasida bugun 215-maktab nafaqat Toshkent shahridagi, balki respublikamizdagi eng zamonaviy maktablardan biriga aylandi. 2020-yilda maktabda amalga oshirilgan kapital taʼmirlash ishlari natijasida barcha sinfxonalar, faollar va sport zali, kompyuter hamda laboratoriya xonalari, maktab kutubxonasi toʻliq taʼmirlanib, zamonaviy qiyofaga ega boʻldi.

Maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Kamola Qurbonova tumandagi tajribali boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan boʻlib, ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida katta nufuzga ega. Maktabda matematika fanidan Feruza Boboyeva, tarix va huquq fanidan Sayyora Mirzaqulova, rus tili fanidan Mahfuza Yuldasheva kabi tashabbuskor va fidoiy oʻqituvchilar bor.

Kelgusida maktabni hududdagi eng peshqadam maktabga aylantirish uchun qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatilmoqda. Oʻquvchilar bilimini oshirishi uchun fan va sport toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. Eʼtiborli tomoni, 2021-2022 oʻquv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar uchun bepul maktabga tayyorlov kursi ish olib bormoqda.