Holat boʻyicha Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga asosan, Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi shuni maʼlum qiladiki, ayni soʻnggi kunlarda ovqatlanish korxonasida taom isteʼmol qilib, undan zaharlanganlik boʻyicha Boshqarma va uning tuman boʻlimlariga shoshilinch xabarnoma hamda murojaatlar kelib tushmagan.
Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas, — deyiladi xabarda.