Holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Bektemir tumani inspektorlari tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasida tumandagi “Bekuz kelajak” issiqxonasining filtrlovchi moslamalari nosoz ekanligi, shuningdek, olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalanilganligi, ekologik ekspertizadan oʻtmaganligi va “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan issiqxona masʼul xodimidan tushuntirishi xati olinib, qozonxonani taʻmirlash, maxsus chang-gaz ushlab qoluvchi filtrlarni yangilash hamda avtotransport shinalarini yoqmaslik toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli chora koʻrish va atrof-muhitni ifloslantirganligi boʻyicha hisob kitob ishlari olib borilmoqda.