Metropoliten: bekatlarga metall detektorlar oʻrnatilmoqda

    Toshkentdagi metro bekatlarda xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida metall detektorlar oʻrnatilishi boshlandi.

    Bu haqda metropoliten maʼmuriyati xabar berdi.

    Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa, oʻz oʻrnida metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi.

    Shu boisdan ham, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini oʻrnatish ishlari boshlanmoqda.

    Shu oʻrinda yoʻlovchilardan oʻzlari va oʻzgalarining xavfsizligiga befarq boʻlmasliklarini hamda xavfsiz xizmat koʻrsatilishida yaqindan yordam berishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.