Poytaxt hokimligining maʼlum qilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yoʻli boʻylab Turkqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Xurshida koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 13-aprel kunidan 25-aprel kuniga qadar Turkqoʻrgʻon koʻchasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi harakat har ikki yoʻnalishda yoʻlning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.
Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etiladi.