“Toshshahartransxizmat“ AJning xabar berishicha, Toshkentda yoʻl Triatlon sport turining duatlon yoʻnalishi boʻyicha yoshlar hamda havaskorlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati, VII Toshkent xalqaro marafoni, “Inson uchun“ xayriya yugurish musobaqasi oʻtkaziladi.
Shu sababli 2025-yilning 13-aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi Oʻzbekiston koʻchasida hamda unga tutash koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.