Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.
Taqsimlash markazi 1000 nafar bemorga xizmat qilishga moʻljallangan. Markazning birinchi ish kunida 50 nafardan ortiq bemor qabul qilingan. Bundan tashqari, 10 nafardan ortiq bemorga uy sharoitida davolanish uchun zarur tavsiyalar va dori vositalari mazkur markaz tomonidan taqdim etilgan.
Markazda 750 nafar xodimning faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Hozirgi paytda markazda 72 nafar xodim ishlamoqda, ularning 60 nafari shifokor va hamshiralar boʻlsa, 10 nafardan ortigʻi yordamchi koʻngillilar hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, bundan tashqari Toshkent shahrida yana uchta taqsimlash markazi ish olib bormoqda.