U maktab binosidagi oʻqituvchilar xonasida turgan, davlat tomonidan maktab uchun ajratilgan jami 17 dona Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan “Jooyon” rusumli kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlangani haqida xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” (oʻgʻrilik) bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni psixotrop moddalar taʼsirida 29 yoshli D.O., 20 yoshli N.A. va 26 yoshli B.T. sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan kompyuter moslamalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida ushbu jinoiy guruh Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham oʻgʻrilik jinoyatini sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyat ishida D.O., N.A. va B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi maʼlumotda.