Samolyot ekipaji Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang boʻroni) tufayli uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
Bortida 125 yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da Toshkentga qoʻndi. Samolyot yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda.
Parvoz jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchidan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkin.