Toshkentdan Xanchjouga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

    Shu yilning 17-noyabrdan boshlab, yakshanba kunlari jadval asosida Xitoyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Xanchjouga muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda “Uzbekistan Airways” axborot xizmati maʼlum qildi.

    — Toshkentdan joʻnab ketish soat 12:40; Xanchjouga yetib borish soat 22:00;

    — Xanchjoudan joʻnab ketish soat 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat 04:10.

    Bir tomonlama aviachipta narxi 4 046 000 soʻmdan, Toshkent – Xanchjou – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 7 003 000 soʻmdan boshlanadi. Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovadan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.